Migrantlarning Rossiyadan ketishi – Moskvadagi teraktdan so‘ng ksenofobiya kayfiyati kuchaymoqda
22-mart kuni Moskva yaqinidagi Krasnogorsk shahrida terrorchilar “Krokus Siti Xoll” kontsert zaliga bostirib kirib odamlarni o‘qqa tutdilar, so‘ngra binoga o‘t qo‘ydilar. FVVdan olingan so‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 551 kishi jarohatlangan, 144 kishi halok bo‘lgan. Terakt uchun masʼuliyatni “Islom davlati” o‘z zimmasiga oldi. XUK huquq himoyachilari bilan Markaziy Osiyolik migrantlarni endilikda nimalar kutayotgani xususida suhbatlashdi
Аyblanuvchilarning qiynoqqa solinishi
Teraktni sodir etganlikda gumon qilinganlar voqeaning ertasigayoq qo‘lga olindi, ularning to‘rttovi ham tojikistonlik ekan. Ijtimoiy tarmoqlarda gumonlanuvchilarning hibsga olinishi, jumladan ularga shafqatsizlarcha muomila qilinayotgani aks etgan — “Rusich” neonatsist DHRGga xayrixoh bo‘lgan kuch ishlatar tizim xodimi gumonlanuvchining qulog‘ini kesib tashlagan tasvirlar tarqaldi. Sudga keltirilgan tojikistonliklar qattiq qiynoqqa solingani ko‘rinib turardi: ayrimlari ko‘zini ocholmas yoki joyida tik o‘tirolmas edi, ularning eng navqironi jonlantirish bo‘limi aravasida keltirildi.
Sud zalidan uzatilgan kadrlardan keyin rossiyalik huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar — “Qiynoqlarga qarshi jamoa”, “Fuqarolik ko‘magi” va boshqalar — har qanday protsessual ishda qiynoqlarga yo‘l qo‘yilmasligi, bunday holatlarda gumonlanuvchilarning iqrorlik ko‘rsatmalari sifatsiz bo‘lishi taʼkidlangan va qonun ustuvorligi talab qilingan murojaatlarni e’lon qildilar.
Ksenofobiya va antimigrant kayfiyatining kuchayishi
Biroq xavotirga solayotgani faqat qiynoq usuli qo‘llanishi emas: huquq himoyachilari shuningdek jamiyatda ksenofobiya va antimigrant kayfiyati kuchayganini qayd etmoqdalar hamda shu asosdagi jinoyatlar haqida xabar bermoqdalar. Hukumat bunday holatlarga hozircha hech bir ko‘rinishda munosabat bildirmayotir va aksincha, bunga teskari choralar ko‘rmoqda: xususan, Rossiya shaharlarida migrantlar yashashi mumkin bo‘lgan yotoqxonalar hamda masjidlarda politsiya reydlari o’tkazilib, bundan tashqari migrantlarga oid siyosatni keskinlashtirish taklif etilmoqda. Moskva viloyatidagi “Balashixa”ga qilingan reydda Rosgvardiya mamlakatda legal asosda ishlab-yashayotgan 78 nafar migrantni hibsga oldi. Ularning 19 nafari pora evaziga qo‘yib yuborilgan, qolganlari Balashixa tumani IIBda qoldirilib, qiynoqqa solingan.
“Mediazona” ma’lumotlariga ko’ra, teraktdan bir hafta o‘tib, xorijliklar tomonidan Rossiya hududida bo‘lish qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi bandlar bo‘yicha (RF MHtKning18.8-, 18.10- va 18.11-moddalari) Rossiya sudlariga kelib tushgan ishlar soni rekord darajaga yetgan. Mazkur sud ishlarining mutlaqo katta qismi ko‘rsatilgan moddalar bandlari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularda majburiy deportatsiya nazarda tutiladi.
Huquq himoyachisi Valentina Chupikning qayd etishicha, qonunga zid ravishda mamlakatdan chiqarib yuborish holatlarining teraktgacha “meʼyordagi” soni 150-170 atrofida bo‘lgan. 1-aprelga kelib esa, 8,5 mingtadan ortiq zulmkorlik haqidagi shikoyatlar va 600 ta qonunga zid ravishda mamlakatdan chiqarish holati bo‘yicha arizalar kelib tushgan, shuningdek migratsion qonunbuzarliklar soxta uyushtirilayotgani haqida ham tez-tez xabar qilinmoqda.
2002- yildan buyon Rossiyada millatchilik va ksenofobiya muammolarini o‘rganib kelayotgan “Sova” (“Boyo‘g‘li”) axborot-tahlil markazi ham joriy yil mart oyi davomida ro‘yxatga olingan jinoyatlar bo‘yicha o’z hisobotini eʼlon qildi.
Teraktdan keyin nafrat negizida amalga oshirilgan 16 ta bosqinchilik hodisasidan 4 tasi “qasos olish”, deya izohlangan. Shuningdek, ultrao‘ngchi guruhlar ko‘chalarda “noslavyan qiyofali” odamlarga gazli ballonchalarni purkash bilan hujum qilingan 25 ta holat haqida xabar berdi, shulardan beshtasi “terakt uchun qasos”, deb qayd etildi. Jinoyatlar orasida: kaltaklash, turar-joyga o‘tga qo‘yish, masjidda janjal chiqarishga urinish, mulkka ziyon yetkazish kabilar bor.
Millatchilarning yetakchilari o‘z resurslarida “Krokus”dagi teraktni sodir etganlikda ayblanib qo‘lga olingan shaxslar qiynoqqa solingani aks etgan videolavhalarni e’lon qilish orqali bu voqeliklarni yoqlashlarini bildirdilar. 25-martda NS/WP kanalida (2021-yilda terroristik deb tan olingan) qasos olish uchun ommaviy bosqinchilikka chorlovchi xabar uzatildi.
Terrorchi guruh aʼzolari nulinchi yillarda ultrao‘ngchilar orasida ommaviylashgan so‘zlarni qo‘llab, tajovuzlarni “aksiya” deb atamoqdalar: «…Hozir ko‘chaga chiqish, yaloqiga hujum qilish va videolar namoyish etish yoki hech bo‘lmasa, boshqalarning shunday aksiyalarini imkoni boricha ko‘proq tarqatishning ayni vaqti… His-tuyg‘ular jo‘sh urib turganda, bu vaziyatdan unumli foydalanib qolish va odamlarning miyasidagi maishiy ksenofobiyani ongli irqiy nafratga almashtirishga ulgurib qolish kerak…». Bu daʼvat neonatsist kayfiyatidagi boshqa kanallarda ham terakt joyidan olingan videolar bilan birga tarqatildi. Biz “Fuqarolik ko‘magi” tashkiloti press-kotibi Nikolay Voroshilov bilan fojeadan keyin jamiyatda antimigrant kayfiyati qay darajada ortib borayotgani haqida suhbatlashdik.
— Teraktdan so‘ng RFda migrantlarning ahvoli qay tarafga o‘zgardi?
— Biz qo‘lga olishlar tufayli MO mamlakatlari fuqarolaridan murojaatlar ko‘payganini kuzatyapmiz. Аmmo, murojaatlar faqat ulardan emas. Shanba kuni tunda Moskva viloyatida yamanlik qochqinni qo‘lga olishgan. Аdvokatimizning aralashuvidan keyin ertasi kuni uni bayonnoma tuzmasdan qo‘yib yuborishdi. Bugun esa Moskvada MO mamlakatlaridan kelgan migrantlarning bir guruhi qo‘lga olingani maʼlum bo‘ldi — ular yashab turgan xostel ularning qaydnomasini bekor qilgan. Xorijliklarni asosan RF MHtKning18.8- va 18.10-moddalari bo‘yicha (mamlakatga kirib kelish va unda bo‘lish qoidalarini buzganlik) javobgarlikka tortishmoqda — bu ikki modda ayni paytda migrantlarni malakatdan quvishda ish berayotgan “eng mashhur” moddalar hisoblanadi. Shuningdek, bugun bizga Qirg‘iziston fuqarosining akasi murojaat qilib, ukasi qo‘lga olingandan beri u bilan bog‘lana olmayotganini aytdi. Umuman olganda, nazorat juda qatʼiy tarzda kuchaytirildi, endi murojaatlar ko‘payishi aniq.
Ksenofobiya kayfiyatiga xos safsata gaplar avval ham bo‘lgan, biroq, mening fikrimcha, bu borada keyingi paytga xos o‘sishni jiddiy tahlil qilmoq kerak. “Sova” (“Boyo‘g‘li”) markazidagi hamkasblarimizning taʼkidlashicha, 2023-yilda bunday gaplarni qo‘llash juda ko‘paygan, shuningdek oldinlari bu darajada yaqqol namoyon bo‘lmagan ultrao‘ngcha zo‘ravonlik holatlari avj olmoqda. Darhaqiqat, biz hozir bunday kayfiyat avj olayotganiga guvoh bo‘lyapmiz, lekin aslida bunday vaziyat oldinlari ham kuzatilgan. Bu holatlarga huquq himoyachilaridan boshqa hech kim ahamiyat bermagani esa boshqa masala.
— Migrantlarga qarshi hozir ham reydlar o‘tkazilmoqda, xususan, Peterburgda “Аntimigrant” amaliyoti o‘tmoqda. Bu reydlarning ish mexanizmi qanday va ulardan qanday himoyalanish mumkin?
— Bu amaliyotning rasmiy nomi tushunarsiz, ehtimol, shunchaki “Migrant” deb nomlangandir, vaholanki, aslida “Аntimigrant” deyilishi to‘g‘ri bo‘ladi, albatta. Biz odamlarni ko‘chalarda, metroda, ular yashab turgan xostellarda qo‘lga olishayotganini va ko‘pincha RF MHtKning18.8-moddasi — “Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirish yohud Rossiya Federatsiyasida bo‘lish (yashash) qoidalarining buzilishi” bo‘yicha bayonnoma tuzilayotganini ko‘ryapmiz.
Politsiya tomonidan bayonnoma tuzilgach, ish shoshilinch sudga oshirilyapti, keyin mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror chiqarilyapti. Eng muhimi, u yog‘iga o‘sha odamga qaror ustidan shikoyat qilish imkoniyatini ham bermay, to‘ppa-to‘g‘ri mamlakatdan chiqarib yuborilyapti.
Аlbatta, RF qonunlariga rioya etish zarur, ishlash uchun patent to‘lovlari kechikmasligi, mamlakatda bo‘lish muddati o‘tib ketmasligi va hokazo talablar bajarilishi shart. Bu qoidalarga politsiya tomonidan biron-bir amaliyot o‘tkazilishidan qatʼiy nazar amal qilinishi kerak. Lekin qonunlarga rioya etish kuchishlatar tizim eʼtiboriga tushmaslikni kafolatlamaydi, demak, har kim qonunga amal qilishdan tashqari o‘z haq-huquqini va yuristlar hamda huquq himoyachilarining raqamlarini yoddan bilishi kerak.
— Tarmoqda migrantlarga qarshi yangi qonun loyihasi haqida — xabar tarqaldi, unda qator xavotirli tendentsiyalarni ko‘rish mumkin, masalan: biometriyani jamlash, vizasiz rejimni qisqartirish va hokazolar. Shuningdek, unda mujmal taʼriflar ham bor, masalan, viza qoidalarini buzganlarga “nazorat ostida turish” rejimi bor. Xo‘sh, bu rejim nimadan iborat bo‘lishi mumkin?
— Xavotirli tendentsiyalarga kelsak, — suddan tashqari tartibda mamlakatdan chiqarib yuborishni alohida qayd etish lozim. Bu o‘rinda qatʼiylik biryo‘la shafqatsizlikka aylanib ketmasaydi, degan xavotirdamiz. Mamlakatga kirishda daktiloskopiya zarurligi, ehtimol, unchalik ham qo‘rqchlimasdir, masalan, Shengen vizasini olishda ham bu odatiy amaliyot hisoblanadi. Qolgan jihatlar bo‘yicha shuni alohida taʼkidlash joizki, avvalo, qonun loyihasini va unga berilgan tushuntirish bayonini hali hech kim ko‘rgani yo‘q. Yuqoridagi tafsilotlarni IIV vakilasi eʼlon qilgan, xolos. Qonun loyihasining aniq matni chiqsa, ana shundagina aniq-tiniq biron fikr aytish mumkin bo‘ladi. Suddan tashqari tartibda mamlakatdan chiqarish mehnat migrantlari kabi qochqinlarga ham daxldor bo‘ladi, vaholanki, BMT pozitsiyasiga ko‘ra, qochqinlarni ularni o‘z mamlakatiga qaytarish mumkin emas. Bu juda xavfli vaziyat. Bundan tashqari, bu faqat migratsiyani nazorat qilish sohasidagi korruptsiya hajmini oshirishga xizmat qiladi — odamlar qanday yo‘l bilan bo‘lmasin mamlakatdan chiqarish va Rossiyaga kirishga bir necha yillik taqiqqa tushmaslikka intiladilar, chunki taqiq, masalan, ularni oilasi bilan yashash imkonidan mahrum qiladi.
Yana bir shunday taʼrif: “Huquqbuzarlar va xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslarga nisbatan mamlakatdan chiqarib yuborish chorasini qo‘llash va xavfsizlikka tahdid soluvchi, lekin o‘zi Rossiyadan tashqarida bo‘lgan yohud qaerdaligi nomaʼlum bo‘lgan shaxslarning Rossiya Federatsiyaga kirishi va unda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik” — bu amalda qanday ishlaydi?
Bularning barchasi amalda qanday ishlashini ko‘rish kerak. Shunisi ayonki, IIV o‘z vakolatlari kengayishini, jumladan, mamlakatdan chiqarib yuborish haqida mustaqil qaror qabul qilish imkoniga ega bo‘lishni xohlaydi. Takror aytaman, hozircha bu qonun loyihasini parlament muhokamasiga qo‘yish haqida hatto gapirilmayapti, ish hali bungacha yetib borgani yo‘q.
***
“Fuqarolik ko‘magi”ning so‘nggi statistika ma’lumotlariga ko‘ra, RF MHtKning18.8- va 18.10-moddalari bo‘yicha maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi sud qarorlari ulushi ko‘p yillardan beri 90 %dan yuqoriligicha qolmoqda, bu ko‘rsatkichga na pandemiya, na 2022-yilgi voqealar taʼsir ko‘rsatolmadi. Moskva sudlarining mamlakatdan chiqarib yuborish haqidagi qarorlari Rossiyaning qolgan barcha sudlari tomonidan birinchi instantsiya bosqichida qabul qilingan shu mazmundagi qarorlarning umumiy sonidan bor-yo‘g‘i bir yarim baravarga kam xolos.
Bu moddalarga oid ishlar jamoaviy sud majlislarida ko‘rib chiqiladi, odatda sudya bir nechta odamlarga oid ishni birdaniga ko‘rib chiqadi, o‘z o‘rnida sudlarning xodimlari “ishga ko‘milib ketishgani”dan shikoyat qilishadi. Bunday amaliyot sud qarorlari odillikka tayanishga halaqit beradigan “konveyerli” jarayonda chiqarilayotganini tasdiqlaydi.
Yangi qonun loyihasida taklif etilayotgan yechimda sudlarning yanada odilroq o‘tishi va ishlarni tenglik asosida ko‘rib chiqishi hisobiga emas, balki migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish jarayonini osonlashtirish evaziga o‘sha konveyr ishini “engillashtirish” nazarda tutilgan. Mana shu holat va jamiyatda ksenofobiya, irqiy murosasizlik ortib borishi hamda huquq-tartibot idoralari tomonidan zo‘ravonlikning meʼyoriy holga keltirilishi kabi boshqa tendentsiyalar mavjudligi odamni tashvish va xavotirga soladi.
Quyida bordiyu siz migrant sifatida RF hududida zulmga yoki noqonuniy taʼqibga duch kelsangiz yoki boshqa favqulodda vaziyatlarda murojaat qilishingiz mumkin bo‘lgan ishonch telefoni raqamlarini keltiramiz:
Горячая линия “Гражданского содействия”
+7 985 310 08 26 (Telegram, WhatsApp)ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
+7 920 613 90 67ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Горячая линия УВКБ ООН
+7 (903) 792-22-79 (WhatsApp, Viber)ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Адреса пунктов юридической помощи в регионах
Ссылка на адреса и контактыㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Российский Красный Крест — юридические консультации, социально-практическое и психологическое сопровождение для беженцев, вынужденных переселенцев, мигрантов и лиц без гражданства из любой страны мира
Получить консультацию и поддержку можно по адресу: г. Москва, ул. Кржижановского 7, корпус 2.
Приёмные часы для мигрантов и беженцев: понедельник, четверг с 11:00 до 17:00
«Горячая линия»: 8 800 234 07 07 (ежедневно с 09:00 до 21:00)
Email: help@redcross.ru
По вопросам розыска и восстановления семейных связей можно написать на email: rfl@redcross.ru
Санкт-Петербургское отделение Российского Красного Креста. Осуществляет программы помощи беженцам, направленные на оказание правовой, медицинской и социальной помощи беженцам и лицами, ищущим убежище, а также на интеграцию беженцев в российское сообщество
Адрес: г. Санкт- Петербург, ул. Гончарная, 19Д
Тел.: 8 (812) 717-35-34, 8 (812) 717-35-31
Горячая линия по вопросам миграционного законодательства: 8 (800) 333-00-16
Email: rcc@spbredcross.org
МОБО «Вера, Надежда, Любовь». Общественная организация, оказывающая социально-правовую поддержку лицам, ищущим, убежище, беженцам и лицам без гражданства
Правовая помощь:
Адрес: г. Москва, Мячковский бульвар, д. 11
Тел.: 8 (495) 346-18-00, 346-18-01
Социальная помощь:
Адрес: г. Москва, ул. Братиславская, д. 6, 11-й этаж, оф. 322.
Email: oplykina@yandex.ru
Сайтㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ